Polshadagi muxolifatdagi «Fuqarolik koalisiyasi» Yevropa Ittifoqi (EI) ramzlarini tahqirlaganlik uchun qamoq jazosini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Dorzeczy.pl xabar berdi.
«Evropa Ittifoqi ramzlari va ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasiga ko‘ra, YEI bayroqlari va ramzlarini ommaviy ravishda haqorat qilish, yo‘q qilish, shikastlash yoki olib tashlash ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Tashabbus mualliflari ayrim siyosatchilar YEI bayrog‘ini «latta» deb atagani, uni yoqib yuborgani yoki oyoq osti qilgani kabi holatlar jazosiz qolganini ta’kidlamoqda. Qonun loyihasida, shuningdek, Yevropa ramzlaridan reklama maqsadlarida noto‘g‘ri foydalanganlik uchun 5 ming zlotiygacha jarima joriy etish ham nazarda tutilgan.
Hujjat Yevropa Ittifoqi ramzlarining «qadr-qimmatini» xorijiy davlatlar bayroqlari bilan teng ravishda himoya qilishga qaratilgan.