Peskov Polsha bosh vaziri Donald Tuskning Rossiya butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar tayyorlagani haqidagi bayonotini "mutlaqo asossiz ayblovlar" deb atadi.
"Polsha bunday asossiz ayblovlari bilan yaxshi tanilgan. Ba’zan hatto boshqa Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda, bu borada yetakchilikni saqlab qolishga harakat qiladi", — deya munosabat bildirdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.