Bugun 18 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Istanbulda qo‘lbola alkogoldan  vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

2025-yilning 16-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi.

Avvalroq, 14-yanvar kuni 6 nafar, 15-yanvar kuni esa 4 nafar vatandoshimizning zaharlanish oqibatida vafot etgani haqida xabar bergan edik. 17-yanvar holatiga ko‘ra, zaharlanish oqibatida vafot etgan fuqarolarimizning umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 17-yanvar holatida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarni tashkil etib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va boshqa millat vakillari ham mavjud.

Istanbul hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, mahalliy huquq-tartibot idoralari 2025-yil 16-yanvar kuni Istanbul shahrida 32 862 litr noqonuniy metil va etil spirtli ichimliklarni musodara qilgan.

Tadbirlar Sultangazi, Fatih, Bakırköy, Küçükçekmece, Çatalca, Esenyurt, Zeytinburnu va Beykoz tumanlarida o‘tkazilib, 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tekshiruvlar chog‘ida 227 shisha soxta ichimlik va distillash uskunasi ham topilgan. Qo‘lga olinganlardan 3 nafari polisiyadagi so‘roqlardan so‘ng qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 6 nafarining tergovi davom etmoqda.

Kiritildi: 14:13 17.01.2025. O'qildi: 1025 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!