Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida joylashgan “KiaBukhara“ avtosalonini reklamasiga O‘zbekistonda kamsonli bo‘lgan subtropik yovvoyi jonivordan foydalanilgan video tarqaldi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, holat Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.