Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib, shimolda qor shaklida, qolgan hududlarda asosan yomg‘ir shaklida kuzatiladi.
18−19 yanvar kunlari ba’zi joylarda qor yog‘adi. Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik faqat 19 yanvarda kuzatiladi.
Shanba va yakshanba kunlari kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘ylab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.
Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib turgan holda 7−10 m/s tezlikda esadi, 18−19 yanvar kunlari ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 18 yanvar kechasi va 19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yengil o‘rtacha tezlikdagi shamol bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi 0…+2, kunduzi +4…+7 daraja bo‘ladi.