Donald Tuskning so‘zlariga ko‘ra, bu gumonlar “aniq dalillar bilan asoslangan” va ishonchli, biroq u tafsilotlarni ochiqlamadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri allaqachon sudlangan va hozirda qamoqda. Sud jarayonini kutayotganlar orasida Polsha, Rossiya, Ukraina, Belarus fuqarolari hamda bir nafar kolumbiyalik bor.
"Bu ro‘yxat hali to‘liq emas. Bugungi kunda Rossiyaning Polshadagi “faolligi” ayrim siyosiy doiralarni ham qamrab olgan, shuningdek, chegaralardagi vaziyatni beqarorlashtirish va maxsus xizmatlarimiz faoliyatini falaj qilishga qaratilgan radikal diversion harakatlarga urinishlar bilan chambarchas bog‘liq", — dedi Polsha bosh vaziri.