Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Politico: Tramp Saudiyaning Yaman urushiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishdan tiyildi

Politico: Tramp Saudiyaning Yaman urushiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashishdan tiyildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va Yamanning «Ansorulloh» harakati o‘rtasidagi mojaroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashishdan tiyilib kelmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni AQShdan qo‘shimcha harbiy yordam so‘rab bir necha bor murojaat qilgan. Biroq Tramp ma’muriyati hozirgacha Yamandagi mojaroga bevosita qo‘shilishdan saqlanib, sulhni saqlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvning oldini olishga urinmoqda.

Politico qayd etishicha, Vashingtonning bu pozisiyasi Saudiya tomonining harbiy qo‘llab-quvvatlash haqidagi talablariga qaramay saqlanib qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!