Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Politico: Tramp ma’muriyati a’zolari Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokaralarni boshlash uchun Saudiya Arabistoniga boradi

Politico: Tramp ma’muriyati a’zolari Rossiya va Ukraina vakillari bilan muzokaralarni boshlash uchun Saudiya Arabistoniga boradi

AQSh prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols, Davlat kotibi Marko Rubio va Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff yaqin kunlarda Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi.

Nashrining respublikachi kongressmen Mayk Makkol hamda Qo‘shma Shtatlar hukumatidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berishicha, ular Saudiya Arabistonida Rossiya va Ukraina vakillari bilan tinchlik muzokaralarini boshlaydi.

Politico manbalariga ko‘ra, Trampning Ukrainadagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog muzokaralarga bormaydi, shuningdek, muzokaralarga Yevropa davlatlari vakillari ham taklif qilinmagan.

Avvalroq Bloomberg o‘z manbalariga tayanib, Saudiya Arabistonidagi muzokaralar kelasi hafta boshlanishi kutilayotganini xabar qilgan edi.

Kiritildi: 10:25 16.02.2025. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!