Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Polisiyachilarga Tesla avtomobillari yoqmadi

Polisiyachilarga Tesla avtomobillari yoqmadi

AQShning Kaliforniya shtati polisiyachilariga Tesla avtomobillari yoqmadi. Bu haqda The Drive yozdi.

Polisiyachilarning aytishicha, Ilon Maskning mashinalari ularga to‘g‘ri kelmaydi.

Teslaning nimasi yomon?

Birinchidan, polisiya zobitlari mashinaga kirib o‘tirish va chiqishni noqulay deyishmoqda, buning ustiga, ort o‘rindiqqa atigi birgina qo‘lga olingan shaxsni joylashtirish mumkin. Ya’ni jinoyatchilarni tutish uchun bir emas, bir nechta mashina kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, mashinaning yurish zaxirasi ham qoniqarli emas. Qo‘lga olingan shaxs bilan elektromobil qachon quvvatga to‘lishini kutib o‘tirish xavfli bo‘lishi mumkin.

Kaliforniyada 2035 yildan dizel va benzil yoqadigan yangi avtomobillarni sotish taqiqlanadi. Joriy yil avgustida mahalliy polisiyachilar uchun bir nechta Tesla Model 3 xarid qilindi. Ularga $150 ming sarflashdan tashqari, polisiyachilar uchun moslashtirishga yana $35 ming ketdi.

Polisiyachilarning aytishicha, mashinalar orasida ular uchun Ford F-150 dan yaxshisi yo‘q.

Polisiyachilarga Tesla avtomobillari yoqmadi

Kiritildi: 10:06 14.10.2024. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!