Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Polisiya mashinasi Yangi Zelandiya bosh vaziri bo‘lgan limuzinga borib urildi

Polisiya mashinasi Yangi Zelandiya bosh vaziri bo‘lgan limuzinga borib urildi

Polisiya mashinasi Yangi Zelandiya bosh vaziri Kristofer Lakson va moliya vaziri Nikola Uilli ketayotgan limuzinga borib urilgan, biroq siyosatchilar jabrlanmagan.

Bu haqda Yangi Zelandiyaning New Zealand Herald portali xabar berdi.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, halokat chorshanba kuni shahardan Vellington aeroportiga olib boruvchi asosiy yo‘l bo‘lgan trassada sodir bo‘lgan.

Lakson bugun Oklendda bo‘lib, u yerda jurnalistlarga "yaxshi" ekanligini va Nikola Uillining ham yaxshi ekanini aytdi. U baxtsiz hodisani "biroz zarba" deb atadi va zarar ko‘rgan Crown limuzinini hisobdan chiqarish kerakmi yoki yo‘qmi, ishonchi komil emasligini aytdi.

"Ushbu hodisadan so‘ng protokolga muvofiq tergov boshlandi", — deya aniqlik kiritdi bosh vazir matbuot xizmati.

Kiritildi: Bugun 11:29. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!