Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin hududida yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin hududida yuz bergan portlashda 12 kishi halok bo‘ldi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Dera Ismoil Xon tumanida kuchli portlash yuz berdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hodisa oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 35 kishi jarohatlangan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, noma’lum portlovchi moddalar ortilgan traktor tirkamasi nazorat punktiga borib urilgan. Tuman polisiya boshlig‘i Ziyovuddin Ahmad bu xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilganini tasdiqladi. Rasmiylar hujum ortida “Tahriki Tolibon Pokistan” guruhi turganini bildirdi.

Reuters ning yozishicha, Afg‘oniston hududidan turib faoliyat yurituvchi mazkur guruh bu hodisa uchun mas’ulityatni o‘z zimmasiga olgan.

Portlash nazorat punktining katta qismini vayron qilib, uning yonidagi bir uyni yer bilan yakson qilgan. Mahalliy rasmiylar va aholining aytishicha, portlash kuchi shunchalik kuchli bo‘lganki, uni uzoq masofalardan ham eshitishgan. Portlashdan keyin hududda kuchli otishma tovushlari ham eshitilgan.

Sentyabr oyida bu tumanda xavfsizlik bilan bog‘liq ko‘plab hodisalar, jumladan, “Tahriki Tolibon Polkiston” ishtirokidagi hujumlar davom etib kelmoqda. Pokiston 24 sentyabr kuni Afg‘onistondagi dronlarni uchirish va saqlash uchun mo‘ljallangan 10 ta nishonga havo hujumlarini amalga oshirgandi. Rasmiylar buni 23 sentyabr kuni Afg‘oniston hududidan dronlar uchirilgani va bu Pokiston suverenitetini buzgani bilan izohlagan.

Kiritildi: 22:25 26.09.2026. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!