Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pokistondagi suv toshqinlari so‘nggi ikki oyda 884 kishining umriga zomin bo‘ldi

Pokistondagi suv toshqinlari so‘nggi ikki oyda 884 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federasiyasining (IFRC) Pokistondagi delegasiyasi rahbari Farid Abdulqodir Ayvarning aytishicha, so‘nggi ikki oy ichida mamlakatda sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 884 kishi halok bo‘lgan.

BMTning Jenevadagi vakolatxonasida o‘tkazilgan haftaning matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Ayvar Pokiston iyun oyi oxiridan beri zamonaviy tarixdagi eng yomon musson fasllaridan birini boshdan kechirayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida, jumladan Sind, Panjob va Baluҗistonda keng ko‘lamli suv toshqinlari, ko‘chkilar va vayronalarga sabab bo‘lgan.
“5 sentyabr holatiga ko‘ra, 884 kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar yaralandi va bir milliondan ortiq kishi evakuasiya qilindi”, — dedi u.

Ayvarning aytishicha, 9363 ga yaqin uy qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan. Jabrlangan hududlarda millionlab odamlar toza suv, oziq-ovqat va tibbiy yordamdan mahrum bo‘lishgan.

Kiritildi: 19:27 05.09.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!