Pokistonning Karachi shahrida savdo markazida sodir bo‘lgan yirik yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Yana 70 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Dawn nashrining xabar berishicha, yong‘inni o‘chirish ishlari 24 soatdan ortiq davom etgan. Qutqaruvchilar so‘nggi qidiruvlar davomida yana sakkiz nafar qurbonning jasadini topishgan.
Sind viloyati gubernatori Kamran Tessorining aytishicha, hodisa milliy muammoga aylangan, qidiruv-qutqaruv ishlari esa hali ham davom etmoqda. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, fojia 17-yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Ilk ma’lumotlarda olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.