1 noyabr kuni Pokiston janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan portlashda kamida yetti kishi, jumladan, besh nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi, 23 nafari yaralandi.
Bu haqda mahalliy polisiya xabar berdi.
"Qo‘lbola portlovchi moslama Mastung shahridagi qizlar maktabi yaqinida to‘xtab turgan motosiklga o‘rnatilgan. Portlash poliomiyelitga qarshi emlash guruhiga hamroh bo‘lishi kerak bo‘lgan polisiya mikroavtobusiga qaratilgan", - dedi polisiya katta boshlig‘i.
Halok bo‘lganlar orasida bir polisiyachi ham bor, yana 23 kishi, jumladan, zobitlar yaralangan.
Hech qaysi guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘z bayonotida hujumni qoraladi.