Hujum uchun javobgarlikni Pokistondagi qurolli guruh — «Tehrik-i Tolibon Pokiston» (TTP) o‘z zimmasiga oldi.
Portlash Dera Ismoil-Xon okrugining Darazinda hududidagi Amana Mela yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga Darazindadan qutqaruv guruhlari yetib borib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga olib ketilgan.
Xayber-Paxtunxva viloyati Pokistonning Afg‘oniston bilan chegarasiga yaqin joylashgan. Mazkur hudud vaqti-vaqti bilan qurolli guruhlar hujumlariga uchrab turadi.