Shimoliy Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida kelib chiqqan toshqinlardan halok bo‘lganlar soni 351 nafarga yetdi, deb xabar berdi Geo News telekanali.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlari hududga hanuz salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan, Xayber-Paxtunxva viloyatida 328 kishi, Gilgit-Baltistanda 12 kishi va Azad Kashmirda 11 kishi halok bo‘lgan.
Toshqinlar Buner, Svat, Mansexra, Badjaur va Battagram kabi tumanlarda uy-joylar, korxonalar va infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazgan. Xayber-Paxtunxva viloyatida bir qancha hududlar ofat zonasi deb e’lon qilindi.