Bugun 12 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil xristianlar shahrini yopiq hudud deb e’lon qildi

Isroil xristianlar shahrini yopiq hudud deb e’lon qildi

Isroil harbiylari Falastindagi shaharga xorijliklar va jurnalistlarning kirishini taqiqladi. Falastinlik huquq himoyachisi bu qarorni «etnik tozalash» yo‘lidagi yangi qadam deb atadi.

Isroil armiyasi G‘arbiy sohilda to‘liq xristian aholi yashaydigan so‘nggi shahar — Taybani «yopiq harbiy hudud» deb e’lon qildi va u yerga isroilliklar, xorijliklar hamda jurnalistlarning kirishini taqiqladi.

Falastinlik xristian va huquq himoyachisi Ixab Hassanning ta’kidlashicha, yangi cheklovlar xalqaro faollar, huquq himoyachilari va jurnalistlarning shaharga borib, isroilliklar tomonidan sodir etilayotgan hujumlarni hujjatlashtirishiga to‘sqinlik qiladi.

Hassanning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklarga hujum qilayotgan yahudiy ko‘chmanchilarni hibsga olish o‘rniga, armiya ushbu hujumlarni qayd etayotgan shaxslarning harakatlanishini cheklagan. U bu qarorni Taybadagi «etnik tozalash» yo‘lidagi yangi qadam deb atab, vaziyatdan jiddiy xavotir bildirdi.

Hassonning ta’kidlashicha, hokimiyat bu choralarni guvohlar, jurnalistlar va xalqaro jamoatchilik e’tiborisiz amalga oshirishni istamoqda. Uning fikricha, taqiqning davom etishi shaharning kelajagi va mavjudligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Huquq himoyachisi, shuningdek, cheklovlar Taybadagi hujumlarni hujjatlashtirishni ham qiyinlashtirishini bildirdi. Ta’kidlanishicha, Falastin yerlarini egallayotgan isroilliklar shahar hududlariga muntazam ravishda reydlar uyushtirib, hujumlar sodir etmoqda.

Kiritildi: 22:46 11.08.2026. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!