Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pokistonda Imron Xonning tarafdorlari ham qamoq jazosiga hukm qilindi

Pokistonda Imron Xonning tarafdorlari ham qamoq jazosiga hukm qilindi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning 200 ga yaqin tarafdori 31 iyul kuni o‘tkazilgan sudda 2023 yildagi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Sharqiy Panjob viloyatining Faysalobod shahar sudi 196 kishiga, jumladan, muxolifat yetakchisi Umar Ayubga hukm chiqargan. U va yana 57 kishi o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jarayonning boshqa ishtirokchilari bir yildan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.

Imron Xon 2018—2022 yillarda Pokiston hukumatiga rahbarlik qilgan. U 2023 yildan beri qamoqda saqlanmoqda va shu vaqt ichida bir nechta jinoiy ish bo‘yicha turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.

Janob Xonning hibsga olinishi 2023 yil mart oyida Pokistonda ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgandi.

Kiritildi: 22:15 01.08.2025. O'qildi: 592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!