Pokistonning sharqiy qismida yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 33 kishi jarohat oldi.
Dawn nashri polisiya va qutqaruv xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, hodisa Panjob viloyatining Pakpattan tumanidagi Depalpur yo‘lida sodir bo‘lgan.
Qariyb uch soat davom etgan qutqaruv operasiyasiga qutqaruvchilardan tashqari kranlar va boshqa og‘ir maxsus texnika ham jalb etilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz kishi yengil jarohat olgan, 25 kishi esa Pakpattandagi tuman shifoxonasiga yetkazilgan.
Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilagan.