Pokiston qurolli kuchlari Xayber Paxtunxva viloyatida o‘tkazilgan aksilterror operasiyasi davomida 13 nafar jangari yo‘q qildi.
Bu haqda Dawn nashri xavfsizlik manbalariga tayanib xabar berdi.
"Xavfsizlik operasiyasining birinchi kunida juma kuni besh nafar jangari yo‘q qilindi. Shanba kuni Darra Adamxel tumanida sakkiz nafar jangari, jumladan, taqiqlangan "Tarik Gidar" guruhi a’zosi bo‘lgan ikki afg‘onistonlik yo‘q qilindi", deyiladi bayonotda.
Operasiya hududda jangari guruh borligi haqidagi xabarlardan so‘ng boshlandi.
"Xavfsizlik kuchlari hududni o‘rab oldi va operasiya davom etmoqda. U oxirgi terrorchi o‘ldirilgunga qadar davom etadi", deyiladi bayonotda.
"Tarik Gidar" "Tehrik-e Tolibon Pokiston" tarkibiga kiradi va viloyatdagi janglarda faol ishtirok etmoqda.