Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokiston ichki ishlar vaziri Eron oliy rahbariga “maxsus maktub” olib bordi

Pokiston ichki ishlar vaziri Eron oliy rahbariga “maxsus maktub” olib bordi

Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Telekanalning xabar berishicha, Pokiston ichki ishlar vaziri Muhsin Naqvi AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushini yakunlash bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar doirasida Tehronga tashrif buyurdi. Naqvi Eron oliy rahbari oyatulloh Mujtabo Xomanaiyga Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni Osim Munir va bosh vazir Shahboz Sharifning maxsus maktubini topshirishi kutilmoqda.

Naqvi Eron poytaxtiga yetib kelib, mamlakat ichki ishlar vaziri Iskandar Mo‘miniy bilan uchrashdi. Tomonlar mintaqadagi so‘nggi voqealar, ichki xavfsizlik va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Pokiston rasmiysining aytishicha, u Tehronga “maxsus maktub” va Islomobodning amaldagi vaziyat bo‘yicha murojaatini yetkazish uchun kelgan.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!