Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli urushga tayyor

Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli urushga tayyor

Pokiston Hindistonga qarshi keng ko‘lamli harbiy operasiya boshlanganini e’lon qildi.

Bu haqda “Geo” telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.

Bundan bir muncha vaqt oldin Pokiston o‘zining Nur-Har aviabazasiga hujum qilinganini e’lon qildi. Pokiston ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston oltita ballistik raketani uchirdi. Biri Adampurga, beshtasi Amritsarga tegdi.

Pokiston ham keyingi sakkiz soat davomida havo hududini yopdi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Pokiston zirhli texnikalarining chegara tomon harakatlanishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Pokiston Mudofaa vaziri Xavaja Osifning aytishicha, "Hindiston tajovuzkorligi" tufayli mamlakat keng ko‘lamli urushga tayyor.

Kiritildi: 06:15 10.05.2025. O'qildi: 780 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!