Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turibdi.
Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Hukumat rahbarini Istanbul aeroportida Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler kutib oldi.
Tashrif doirasida Shahboz Sharif Turkiya Prezidenti Rajab Toib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Yaqin kunlarda u Ozarbayjonga ham tashrif buyurishi kutilmoqda.