Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif AQSh Prezidenti Donald Trampdan G‘azo sektorini boshqaradigan "Tinchlik Kengashi"ga qo‘shilish taklifini oldi.
Bu haqda Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi e’lon qildi.
"Pokiston G‘azoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda ishtirok etishda davom etadi, bu esa BMT rezolyusiyalariga muvofiq Falastin masalasini uzoq muddatli hal qilishga olib keladi", deyiladi vazirlik bayonotida.