Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Pokiston bosh vaziri 2026 yil oxirigacha Rossiyaga tashrif buyuradi

Pokiston bosh vaziri 2026 yil oxirigacha Rossiyaga tashrif buyuradi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 2026 yil oxirigacha Rossiyaga tashrif buyuradi. Avvalroq rejalashtirilgan tashrif keyinga qoldirilgan edi.

Bu haqda Pokistonning Rossiyadagi elchisi Faysal Niyoz Tirmizi Sharqiy iqtisodiy forum doirasida RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.

«Bosh vazir bu yil albatta shu yerda bo‘ladi», — dedi diplomat.

Tirmizining so‘zlariga ko‘ra, Pokiston tomoni Rossiyaga tashrif uchun bir nechta ehtimoliy sanani taklif qilgan va yaqin vaqt ichida tasdiq olishni kutmoqda.

Tashrifning aniq sanasi Rossiya tomoni uchun qaysi vaqt qulay bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: 23:52 09.09.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!