Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida Pokiston bilan chegara yaqinida jangarilarning hujumi oqibatida kamida besh nafar eronlik harbiy halok bo‘ldi.
Bu haqda IRNA agentligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Sarvan shahrida amalga oshirilgan, halok bo‘lganlar IQH Basijning harbiylashtirilgan ko‘ngilli kuchlari a’zolari bo‘lgan.
Hozircha hech qaysi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Avvalroq IQXK kuchlari harbiy operasiya davomida uch nafar terrorchini zararsizlantirgani va yana to‘qqiz nafarini qo‘lga olgani xabar qilingan edi. Xabarda gumonlanuvchilarning qaysi guruhga tegishli ekanligi aniqlanmagan.