So‘nggi ikki kun ichida Pokiston xavfsizlik kuchlari Balujiston viloyatida keng ko‘lamli aksilterror operasiyalarini o‘tkazdilar va taqiqlangan Balujiston Ozodlik Armiyasi bilan bog‘liq 100 dan ortiq jangarilarni yo‘q qildilar.
Bu haqda Associated Press agentligi hisobotga tayanib xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, reydlar 33 kishi, asosan tinch aholi vakillarining o‘limiga sabab bo‘lgan bir qator hujumlardan keyin sodir bo‘lgan.
Operasiyalar davomida o‘n besh nafar xavfsizlik xodimi va 18 nafar tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar ham halok bo‘lgan.
Viloyat bosh vaziri Sarfraz Bugti jurnalistlarga qo‘shinlar va polisiya tezkorlik bilan choralar ko‘rganini va 145 nafar a’zosi o‘ldirganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida o‘ldirilgan jangarilar soni o‘n yilliklar ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan.