Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokiston AQSh va Eronni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

Pokiston AQSh va Eronni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

Pokiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Eronni harbiy harakatlarni to‘xtatib, nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi.

Interfax agentligi xabar berishicha, vazirlik vakili Tohir Andrabiy Pokiston tomonlarni zo‘ravonlikni to‘xtatish va o‘zaro anglashuv memorandumi doirasida texnik muzokaralarni qayta boshlashga undashda davom etishini ma’lum qildi.

«Pokiston tomonlarni zo‘ravonlikni to‘xtatishga va o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq texnik muzokaralarni qayta boshlashga chaqirishda davom etadi», — dedi Tohir Andrabiy.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi harbiy zarbalar qayta boshlanganini va sulh tugaganini e’lon qilgan edi.

Shu bilan birga, o‘tgan hafta AQShning BMTdagi elchisi Mayk Uolts Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha ekspertlar darajasidagi muzokaralar to‘xtatilmaganini bildirgan.

Kiritildi: 19:08 16.07.2026. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!