Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Pogba: "Usmon bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi kerak, bo‘lmasa..."

Pogba: "Usmon bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi kerak, bo‘lmasa..."

"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba "Oltin to‘p" uchun kurashda "PSJ" hujumchisi Usmon Dembelening imkoniyatini yuqori baholamoqda.

"Usmon bu yil Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi, jamoa uchun hal qiluvchi gollar urdi, eng muhim paytlarda o‘z so‘zini ayta oldi. Bunday mavsumdan keyin u shubhasiz, boshqa nomzodlardan bir qadam oldinda turibdi. Agar Usmon Dembele bu yil "Oltin to‘p"ga ega chiqmasa, keyingi yillarda unga bu mukofotni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘ladi. Bu uning yili", - dedi fransiyalik yarim himoyachi.

Dembele joriy mavsumda "PSJ" bilan trebl qildi. Ular KO‘JCH-2025 finalida "Chelsi"ga yutqazib qo‘ydi - 0:3.

Kiritildi: 15:25 21.07.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!