Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan kibertovlamachilar qo‘lga olindi

A A A
Plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan kibertovlamachilar qo‘lga olindi

Yagona prosessing markazi mutaxassislari plastik kartalardan pul o‘marayotgan kibertovlamachilarni qo‘lga oldi. Ular virusli mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishgan, deb xabar qilmoqda "Darakchi" .

“Biz yaqinda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali fuqarolarning plastik kartalardan mablag‘lar o‘g‘irlangani haqida xabar bergan edik. Bir necha jabrlanuvchilar murojaatidan keyin tovlamachilar qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.

O‘g‘irliklar qanday amalga oshirilgan?

Sirdaryo viloyatida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi virusli ilova yozadi va uni Google Playga joylashtiradi. Uni yuklab olgan foydalanuvchilarga esa, agar ular 10 000 so‘m to‘lamasa telefoni blokirovka bo‘lishi haqida xabar olishadi. To‘lov amalga oshirilganidan keyin esa karta egasi noma’lum raqamdan sms olgan.

Ushbu ketma-ketlikning o‘zi kibero‘g‘rilar jabrlanuvchining telefoni va telegram akkauntiga kirib olishi uchun kifoya bo‘lgan.

“Shu yo‘l orqali jinoyatchilar Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Click-bot orqali kartadagi pullarni ishlatgan. Biroq, jinoyatchilarning ushbu hatti-harakatlari tezkor ravishda aniqlanib, ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, - deyilgan xabarda.

Click-bot orqali amalga oshirilgan o‘g‘irlik bank kartalaridan sodir etilgan o‘g‘riliklarning bir turidir. Aynan shu sababdan turli xayriya aksiyalari o‘tkazganda juda ehtiyot bo‘lish kerak.

Shu o‘rinda, Oson mobil ilovasi bilan bog‘liq hodisaga ham misol tariqasida e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardan birida bemor bolaning davolanishiga qaratilgan hayriya aksiyasi tashkillashtirilgan edi. E’londa davolanish uchun pul o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan plastik kartaning rekvizitlari keltirilgan edi.

Jinoyatchi e’londa ko‘rsatilgan plastik kartaga tegishli ma’lumotni Oson mobil ilovasiga kiritib, karta egasi bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanadi va pul o‘tkazilganligiga tegishli tasdiqlovchi kodni ovoza qilishini so‘raydi. Mahfiy kodga egalik qilgan qallob, e’londa keltirilgan plastik kartani osonlikcha mobil ilovaga bog‘lab turib, undagi mablag‘larni boshqargan. O‘tkazilgan qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchilar aniqlanib, qo‘lga olindi.

Yagona prosessing markazi ogohlantiradi

“Yana bir bor rasmiy ravishda bildirib o‘tamiz, markazimizda plastik kartalar bilan bog‘liq kiberjinoyatarni qisqa vaqt ichida aniqlashi mumkin. Huquq-tartibot organlarilaridan tegishli so‘rovnoma kelib tushganida, YAUPM xodimlari avtomatlashtirilgan dastur yordamida jinoyatchini tezkor ravishda aniqlash imkoniga ega”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Yagona prosessing markazi xodimlari plastik kartalardan foydalanayotgan barcha fuqarolarga yana bir bor eslatma yubordi:

  • kartangizni havfsiz joyda saqlang;
  • PIN-kodingizni uchinchi shaxslarga ishonmang va jamoat joylarda ovoza qilmang;
  • plastik kartangiz bog‘langan mobil ilovaga tegishli parolni hech kimga aytmang;
  • ijtimoiy tarmoqlar orqali plastik kartangizning sur’atlarini yubormang;
  • foydalanuvchini identifikasiyalash uchun telefon raqamga keladigan tekshiruvchi parollarni uchinchi shaxslarga aytmang;
  • plastik kartaning o‘zida PIN-kodingizni eslatma tariqasida yozib qoldirmang.
Kiritildi: 14:51 14.06.2018. O'qildi: 2035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!