Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Pistorius Rossiya yaqin orada NATO'ga hujum qilishini istisno etmadi

Pistorius Rossiya yaqin orada NATO'ga hujum qilishini istisno etmadi

Boris Pistorius Rossiya yaqin orada NATO'ga hujum qilishini istisno etmadi.

Germaniya Mudofaa vaziri bu haqda Fumkr media guruhiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Agar biz tahdidni faqat noqulaylik tug‘dirayotgani uchun e’tiborsiz qoldiradigan bo‘lsak, u kichraymaydi, aksincha kattalashadi", — deya ogohlantirdi

Pistoriusning qayd etishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z mamlakati iqtisodini urush holatiga moslab qo‘ygan va endi Rossiya bir necha oy ichida Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari bir yil ichida ishlab chiqaradigandan ko‘ra ko‘proq qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi.

"2029 yoki 2030 yilga kelib, Putin o‘z armiyasini shunchalik kuchaytirishi mumkinki, buning natijasida Rossiya NATO'ga zarba bera oladi", — deya fikr bildirdi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin yillarda Rossiya Federasiyasi alyans hududining u yoki bu qismiga bostirib kirish orqali NATO'ning hamjihatligini sinab ko‘rishga urinishi mumkin.

Pistorius, shuningdek, Putin Rossiyasidan Germaniyaga gibrid tahdidlar, jumladan, infratuzilmaga hujumlar va havo hududining buzilishi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: Bugun 10:40. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!