Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Pistorius: Rossiya Ukrainadagi urush uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq qurol ishlab chiqarmoqda

Pistorius: Rossiya Ukrainadagi urush uchun zarur bo‘lganidan ko‘proq qurol ishlab chiqarmoqda

Rossiyada qurol-yarog‘ ishlab chiqarish hajmi Ukrainadagi urushni olib borish uchun zarur bo‘lganidan ancha yuqori. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Bundestagdagi nutqi chog‘ida ma’lum qildi.

Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning qurol ishlab chiqarish sur’atlari Moskva kelajakdagi ehtimoliy mojarolarga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beradi.

«Rossiya har oy ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan qisqa va o‘rta masofaga mo‘ljallangan 150 ta raketaning o‘rtacha 80 tasigina Ukrainaga jo‘natiladi», — dedi Pistorius.

Aprel oyida Pistorius Germaniyaning yangi harbiy strategiyasini taqdim etgan edi. Unda Rossiya mamlakat uchun asosiy tahdid sifatida ko‘rsatilgan.

Germaniya mudofaa vaziri Bundesverni Yevropadagi eng kuchli konvensional armiyaga aylantirishga va’da bergan.

Kiritildi: 20:54 09.09.2026. O'qildi: 741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!