Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida insonlar o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining matbuot kotibi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH bugun, 17 mart kuni soat 6:30 larda Piskent tumani hududida sodir bo‘lgan. “Toshkent-Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ngra Isuzu avtomobili bilan to‘qnashgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi transport boshqaruvi paytida uxlab qolgan.

YTH oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot mas’ullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.

YTH yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilayotgani bildirildi.

Kiritildi: 10:29 17.03.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!