Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Pike Arbeloaning debyutida muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Real" ustidan kuldi

Pike Arbeloaning debyutida muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Real" ustidan kuldi

Madridning "Real" klubi 1/8 finalda "Albasete"ga imkoniyatni boy berib (2:3), sensasion tarzda Ispaniya Kubogini tark etdi. "Qaymoqranglilar"ning muvaffaqiyatsizligi yaqinda ishdan bo‘shatilgan Xabi Alonso o‘rniga tayinlangan bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning debyutiga to‘g‘ri keldi.

"Yangi "Real" uchun yaxshi start. 3:2," - deb yozdi "Barselona"ning mashhur sobiq himoyachisi Jerard Pike X ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, Alonso Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:3) iste’foga chiqarilgan edi.

Kiritildi: Bugun 11:02. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!