Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Piyonistalikning yangi kushandasi

A A A
Piyonistalikning yangi kushandasi

Texas universiteti biologlari piyonistalikka qarshi shafqatsiz kurasha oluvchi yangi dori vositasini yaratishdi.

— To‘g‘ri, — dedi universitet mutaxassislaridan biri Jeyms San, — piyonistalikka qarshi dori turlari ko‘p. Ammo ularning ta’sir kuchi ko‘ngildagidek emas. Bu dorilarni bir kurs qabul qilgan piyonista oradan qisqa vaqt o‘tgach, yana o‘zida ichkilikdek xavfli og‘uga ehtiyoj seza boshlaydi. Qolaversa, u dorilarning organizmga salbiy ta’siri kuchli. Odamlar piyonistalikdan xalos bo‘laman deb ularni iste’mol qiladi-yu, nafaqat niyatiga yeta olmaydi, balki, yangi kasallik orttirib olishadi. Biz yaratgan «JVW-1034» deb nomlangan yangi dori vositasi esa salbiy ta’sirga ega emas va u kerakli neyronlargagina ta’sir o‘tkazib, miyadagi spirtli ichimlikka ehtiyoj tug‘diruvchi to‘qimalarni o‘ldiradi. Shuning natijasida odam piyonistalikdan bir umrga xalos bo‘ladi. Biz tadqiqotlar davomida yuqorida aytganlarimizni kalamush va sichqonlarda sinab ko‘rdik. Sinovlar ko‘ngildagidek kechdi...

San va uning hamkasblari dori yaratish jarayonida asab tizimini ham chuqurroq o‘rganib, boshqa zararli odatlarga qul etuvchi asab tolalariga ta’sir ko‘rsatish usullarini ham topishdi. Bu usul yangi dori vositasida o‘z aksini topgan. Demak, «JVW-1034» dorisi nafaqat piyonistalik, balki, giyohvandlikdan ham xalos eta oladi. Yaqin oylarda yangi dorini klinik sharoitda sinovdan o‘tkaza boshlashadi.

“RIA Novosti”

Kiritildi: 05:28 12.05.2018. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik