Eron prezidenti Masud Pezeshkian Yaqin Sharqdagi urush ikki tomonga ham foyda keltirmasligini va keskinlikni kamaytirish uchun barcha diplomatik va oqilona vositalardan foydalanishga chaqirganini aytdi.
Bu haqda Eron davlat axborot agentligi IRNA xabar berdi.
"Urush hech kimning manfaatlariga xizmat qilmaydi va tahdidlarga qarshi kurashishda keskinlikni kamaytirish uchun barcha oqilona va diplomatik vositalardan foydalanish kerak", deb ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Pezeshkian AQSH-Isroil munosabatlarida "ishonchsizlik va hushyorlikni" saqlashga chaqirdi.