Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian O‘mon sultoni Haysam bin Tariq bilan telefon orqali muloqotda "Isroil tarafdorlariga ko‘proq bosim o‘tkazishga," "bu rejimning qotillik va jinoyatchilik mashinasini to‘xtatishga" chaqirdi.
"Agar biz - islom mamlakatlari - bir-birimiz bilan birdam bo‘lsak, sionistik rejim bunday jinoyatlarni sodir etishga jur’at eta olmaydi, AQSh va G‘arb davlatlari uni qo‘llab-quvvatlashga jur’at eta olmaydi," - dedi Pezeshkian.