Eron yadroviy fayl bo‘yicha pozisiyasini o‘zgartirmaydi va Isroil hujumlari davom etar ekan, muzokaralar olib bormaydi.
Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron bilan suhbatda ma’lum qilgan.
"Amerikaliklar muzokaralar chog‘ida sionistik rejim o‘z tomonining muvofiqlashtirishi va ruxsatisiz hech qanday tajovuzkor harakatlarga bormasligini doimo ta’kidlab kelgan. Shu sababli, hozirgi hujumlar bu harakatlarni ma’qullagan Qo‘shma Shtatlar koordinasiyasi bilan amalga oshirilayotgani ko‘rinib turibdi. Agar xohlasalar, Isroil rejimini o‘z o‘rniga qo‘yib yuborishlari mumkin edi", - deydi Pezeshkian.
Avvalroq Eron rahbari Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan suhbatda Isroil zarbalarini AQSh bilan muvofiqlashtirish Vashingtonning ishonchsizligidan dalolat berishini ta’kidlagan edi.