Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Peter Madyar: Orbanga yaqin mansabdorlar 31 maygacha o‘z lavozimini tark etishi kerak

Peter Madyar: Orbanga yaqin mansabdorlar 31 maygacha o‘z lavozimini tark etishi kerak

Vengriya muxolifat yetakchilaridan biri Peter Madyar mamlakatda yuqori lavozimdagi amaldorlar 31 maygacha ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqishi kerakligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chaqiriq prezident, Oliy sud raisi, Milliy sud idorasi rahbari, Konstitusiyaviy sud raisi va Bosh prokurorga taalluqli.

Madyar ta’kidlashicha, agar mazkur mansabdorlar belgilangan muddatgacha lavozimini tark etmasa, xalqdan olgan mandatga tayanib ularni lavozimidan chetlatish choralari ko‘riladi.

Bayonot Vengriyada siyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda yangradi. Madyar o‘zini mamlakatning bo‘lajak bosh vaziri sifatida ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 22:26 21.04.2026. O'qildi: 284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!