Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mojaroni to‘xtatish uchun zarur siyosiy irodani namoyon etmayapti. Uning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainaga yangi rahbar kerakligi haqida gapirayotgani ham shu bilan bog‘liq.
Dmitriy Peskov RIA Novosti agentligiga bergan izohida Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha murakkab qarorlar uchun haligacha mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotganini aytdi.
«Tramp Ukrainaga yangi prezident kelishi vaqti kelganini aytdi. Nima uchun? Chunki Ukraina prezidenti bu urushni to‘xtatish uchun juda mas’uliyatli va murakkab qarorlarni qabul qilishi kerak. Yo Zelenskiy bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, siyosiy irodasini namoyon etadi, yoki buni qilmaydi», — dedi Peskov.