Rossiya va Eron prezidentlari Vladimir Putin va Masud Pezeshkian o‘rtasidagi muzokaralar juma kuni Kremlda bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Uchrashuv Moskvada, Kremlda bo‘lib o‘tadi" - dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron prezidentining Moskvaga bo‘lajak tashrifining o‘ta muhim tarkibiy qismi ikki davlat o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi bo‘ladi.
“Bu biz uchun juda muhim voqea, biz bunga katta ahamiyat beramiz”, — deya ta’kidlagan Peskov va prezidentlar OAVga bayonot berishni rejalashtirganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Eronning Rossiyadagi elchisi Kazem Jaloliy Eron va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi 47 moddadan iborat ekanligini ma’lum qilgan edi.