Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Peshko‘da saksovul terganlar qariyb 14 mln so‘m jarimaga tortildi

Peshko‘da saksovul terganlar qariyb 14 mln so‘m jarimaga tortildi

Peshko‘ tuman inspeksiyasi inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda Peshko‘ tuman cho‘l hududlarida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Peshko‘ tumani "Qoraqalpoq" MFY da yashovchi fuqaro R.J. o‘z boshqaruvida bo‘lgan UAZ avtomashinasi yordamida cho‘l hududidan tabiiy holatda o‘sgan saksovul o‘simliklarini sindirib, olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 11mln 900ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hamda 1 mln 700 ming so‘m jarima hisoblanib, avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 16:28 26.02.2024. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!