Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Peshku tumani hokimi o‘zgardi

Peshku tumani hokimi o‘zgardi

Buxoro viloyatida xalq deputatlari Peshku tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi. Viloyat rahbari oxirgi yillarda Peshku tumanidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi darajaga ko‘tarish borasida sezilarli o‘zgarishlar qilinganligini qayd etdi.

—Ammo so‘nggi yillardagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tumanning ayni paytdagi rivojlanish sur’ati hurmatli prezidentimiz talablari, mehnatkash Peshku ahlining ehtiyojlaridan ancha orqada qolmoqda, — dedi Botir Zaripov.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Vahob Hamidovich Qahhorovni Peshku tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi. Ushbu masala ovozga qo‘yilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shundan so‘ng Botir Zaripov 2021 yildan beri Kogon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Hayot Davlatov nomzodini Peshku tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman kengashi deputatlari va faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Hayot Davlatov Peshku tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalar belgilandi.

Kiritildi: Bugun 10:11. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!