"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yini va xarakteriga yuqori baho berdi.
- Abduqodir Husanovning oxirgi bahslardagi harakatlariga qanday baho berasiz?
- Husanovning oxirgi o‘yinlari shunchaki dahshatli bo‘ldi, biz juda xursandmiz. Shuni alohida aytishim kerakki, "Arsenal" bilan o‘yindan keyin u bir oy davomida biror daqiqa ham o‘ynamadi. Bu juda uzoq muddat edi.
Uning mashg‘ulotlardagi va kiyinish xonasidagi o‘zini tutishi — Husanovni aynan shu xislatlar xarakterlaydi. Qiyin lahzalarda futbolchining kimligi jamoada o‘zini qanday tutishidan bilinadi.
Abduqodir... bilmadim, lekin ishonchim komilki, bu uning ota-onasidan olgan tarbiyasi, O‘zbekiston ta’siri. U Fransiyada, Parijda atigi bir necha oy bo‘ldi va darrov bu yerga — APLga, "Manchester Siti"ga keldi. Bunday o‘zgarish oson emas. Lekin u eshitdi, o‘rgandi va albatta, uning jismoniy holati shunchaki yuqori darajada.
"Manchester Siti" ko‘p, juda ko‘p yillar davomida eng yuqori saviyadagi markaziy himoyachiga ega bo‘ldi.
- Husanov 100% asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishi uchun nima qilishi kerak?
- Ochig‘ini aytaman: bu faqat uning o‘ziga bog‘liq. Faqat va faqat o‘ziga! — dedi Gvardiola.