Ertalab Rossiyaning Penza aholisi portlashlar haqida xabar berishdi. Mintaqa gubernatori Oleg Melnichenko dronlar sanoat korxonalaridan biriga hujum qilganini va natijada yong‘in boshlanganini ma’lum qildi.
Ukrainaning Exilenova+ Telegram kanali yozishicha, dronlar radioyelektronika sohasida yetakchi korxonalardan biri bo‘lgan “Radiozavod”ga hujum qilgan. Zavod “Rostex” korporasiyasiga qarashli “Roselektronika” holdingi tarkibiga kiradi.
Bundan tashqari, Volgograd viloyatining Kotelnikovo shahrida ham tunda bo‘lgan hujumdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan. Viloyat gubernatori Andrey Bocharovga ko‘ra, hujum transport va energetika infratuzilmasiga qaratilgan. Dronning parchalari temiryo‘l infratuzilmasiga tushgan, bu Tinguta stansiyasi yaqinida poyezdlar harakatini vaqtincha cheklashga olib kelgan.