Pentagon Vashingtonda Pit Hegset va Marko Rubio yashaydigan hududga lazer tizimini o‘rnatmoqchi — NYT.
The New York Times manbalariga ko‘ra, AQSh armiyasi Hegset va Rubio qarorgohlari yaqinida dronlarga qarshi lazer tizimini joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda. Bunga mazkur hududda noodatiy dronlar faolligi kuzatilgani sabab bo‘lgan.
Ushbu reja Pentagon va Federal aviasiya boshqarmasi (FAA) o‘rtasida keskin bahslarga sabab bo‘ldi. Tomonlar xavfsizlik masalalari va fuqarolik aviasiyasiga ehtimoliy ta’siri bo‘yicha kelisha olmayapti.