Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pentagon Rossiyaga qarshi faoliyatni to‘xtatish haqida buyruq bermagan

Pentagon Rossiyaga qarshi faoliyatni to‘xtatish haqida buyruq bermagan

AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset mamlakat Kiber qo‘mondonligiga Rossiyaga qarshi har qanday harakat, jumladan hujumkor kiber amaliyotni to‘xtatishni buyurmagan. Bu ma’lumotni “Bloomberg” vazirlikning yuqori martabali xodimiga tayanib tarqatgan.

O‘tgan hafta “Record” nashri vaziyatdan xabardor manba nomidan yuqoridagi mazmun aks etgan axborot bergan edi.

– Pentagon ommaviy axborot vositalaridagi bunday xabarlarni rad etdi, – deyilgan bayonotda. – Xegset Rossiya nishonlariga qarshi hech qanday kiber amaliyotni bekor qilmagan yoki kechiktirmagan va bu ustuvorlikdan voz kechish buyrug‘i ham bo‘lmagan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Kiber qo‘mondonlikning RFga qarshi faoliyati to‘xtatilgani haqidagi xabarlar demokratlar, jumladan Senatdagi Demokratik ozchilik yetakchisi Chak Shumerning g‘azabiga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 18:10 04.03.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!