NATO davlatlari AQSh ittifoqchilari bo‘lib qolmoqda, ammo mudofaa uchun ko‘proq mablag‘ sarflashlari kerak.
Bu haqda Pentagon rahbari Pit Xegset o‘z qo‘l ostidagilar bilan suhbatda ma’lum qildi.
"Keyingi hafta NATO vazirlari ittifoqchimiz bo‘lgan va bo‘lib qoladigan do‘stlarimiz bilan gaplashish uchun Yevropaga boramiz, lekin biz ularni sanoat bazasiga sarf-xarajatlarini oshirishni davom ettirishga undashimiz kerak", dedi u.