Pentagon rahbari Pit Xegset NBC News telekanalining 2028 yilgi AQSh saylovlarida prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida ekanligi haqidagi xabarlarini rad etdi.
Xegset bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qildi.
"Bu mutlaqo yolg‘on. Biz buni NBCga aytdik, ammo ular faqat anonim manbalar orqali yolg‘on gapirishmoqda. Mening yagona maqsadim Mudofaa vazirligini yana buyuk qilish", deb yozgan u.