Pentagon noma’lum g‘ayritabiiy hodisalar haqidagi maxfiylikdan chiqarilgan va tarixiy materiallarning oltinchi partiyasini e’lon qildi. Ma’lumot Amerika idorasi saytida taqdim etilgan.
Jami 71 ta fayl e’lon qilindi: 55 ta matnli, 15 ta video va 1 ta audio. Ma’lumotlar o‘tgan 73 yil davomidagi voqealarga tegishli.
Ma’lumotlarda varp-dvigatellar (fazoni bukkalash tizimlari), fazoviy tunnellar bo‘yicha tadqiqotlar hamda noma’lum apparatlar bilan ehtimoliy to‘qnashuvlar oqibatida kelib chiqqan jarohatlar haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Xususan, noma’lum uchar jismning soatiga 800 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanayotgani aks etgan besh daqiqalik videolavha e’lon qilindi.
2024 yilda yozib olingan, undagi NUJ «soatiga 500 mil tezlikda harakatlanayotgan oq dumaloq shar»dir. Suratga olish Yaqin Sharqda olib borildi. Kadrlarda ob’ektning quruqlik va suv yuzasi ustida uchayotgani ko‘rinadi.